Loading...

Qandli diabet 2-turi xavfini aniqlash

18 yoshdan kattalar uchun!

tana
Quyidagilardan qaysi biri sizda kuzatilsa belgilang.
  • Men 4.0 kg va undan yuqori vaznli bola tug‘gan ayolman

  • Meni opam-singlim yoki aka-ukam QANDLI DIABET 2-TURI bilan kasallangan

  • Ota yoki onam QANDLI DIABET 2-TURI bilan kasallangan

  • Mening tana vazni indeksim 25 kg/m² dan yuqori

  • Men kam harakat qilaman

  • Mening yoshim 45 va 65 yosh oralig’ida

  • Mening yoshim 65 yoshdan yuqori

🧪SIZDA QANDLI DIABЕT 2-TURI RIVOJLANISH XAVFI O‘RTA DARAJADA
SOG‘LOM TURMUSH TARZI QOIDALARIGA RIOYA QILING
1
1-qoida!
3 mahal asosiy ovqat qabul qilish shart:
  • Nonushta
  • Tushlik
  • Kechki ovqat
Asosiy ovqatni iloji boricha, qorinni ochirmasdan bir vaqtda iste’mol qilish kerak.

Asosiy ovqatdan oldin bir stakan suv ichish lozim.
1
2-qoida!
    Suv ichilganidan keyin, asosiy ovqatdan oldin, hom sabzavotlarni (pomidor, bodring, har xil karam turlari, rediska, bulg‘or qalampiri, qizil sabzi, turp, piyoz, salat bargi va boshqa ko‘katlar) alohida yoki salat ko‘rinishida iste’mol qiling. Salatga magazin mayonezini ishlatmaslik kerak, uyda qilingan mayonez, qatiq/sho‘r bo‘lmagan suzma yoki zaytun, kungaboqar moylari, yoki limon sharbatini qo‘shish mumkin.
1
3-qoida!
     Asosiy ovqatdan 2 soat oralig‘ida 30 minutgacha jismoniy yuklama (1sekundda 2 qadam tashlab piyoda yurish yoki raqs tushish yoki velosiped haydash yoxud shunga o‘xshash jismoniy faollik) qilish shart.
1
4-qoida!
     Ho‘l mevalarni kunning birinchi yarmida asosiy ovqatdan 2 soat keyin iste’mol qilish lozim.
1
5-qoida!
     Agarda uyquga ketishdan oldin qorin ochsa, suvda qaynatilgan 2 ta tuxum oqini yoki 50-100 gramm atrofida oq go‘sht (tovuq, kurka to‘sh go‘shtlari, sudak balig‘i yoki shunga o‘xshash baliqlar) yoki yarim stakan yog‘siz qatiq/kefir iste’mol qilsa bo‘ladi.
⚠️ SIZDA QANDLI DIABET 2-TURI BO‘LISHI MUMKIN, OILAVIY SHIFOKORINGIZGA MUROJAAT QILING!